SportUz.Net
iks
ads

"Magomed haliyam Pereyrani nokaut qilish istagida" - menejer

11.09.2025 15:42    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Magomed Ankalaevning menejeri Rizvan Magomedov sportchining bo'lajak jangi haqida so'z yuritdi.

Ankalaev 4 oktyabr kuni Las-Vegasda braziliyalik Aleks Pereyra bilan revansh jang o'tkazadi.

"Niyati hali ham o'zgarmagan. Magomedning holati alo. U ikki hafta avval AQSHga jo'nab ketgan. Jangga besh hafta qolganda shu erda tayyorgarlik ko'rishi, iqlimga moslashish uchun. Hozir Vegasda mashg'ulotda, kamarnii himoya qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Rostdan ham Magomed telefonlarni o'chirib, mashg'ulotdan chalg'itmaslikni so'radimi? Ha, bunday holat bo'ldi. U juda intizomli yigit. Mashg'ulot jarayonida hech narsa unga xalal bermaydi. Uni necha yillardan beri bilaman, birga ishlaganman — Magomed doim jangga jiddiy yondashadi. SHuning uchun bu gal ham raqibga imkoniyat qoldirmaydi, noto'g'ri formada jangga chiqmaydi", — dedi Magomedov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: