SportUz.Net
iks
ads

Dana Uayt Turki ash SHayx bilan qilayotgan boks loyihasi haqida gapirdi

11.09.2025 18:03    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt Saudiya Arabistoni Ko'ngilochar ishlar boshqarmasi raisi Turki ash SHayx bilan hamkorlikda yo'lga qo'yilgan Zuffa Boxing loyihasi haqida gapirdi.

"2026 yilda o'z shouimni ochaman. Men qilmoqchi bo'lgan narsa Contender Series’ga o'xshaydi. Eng yaxshilar eng yaxshilar bilan jang qiladi, mag'lubiyatsizlar mag'lubiyatsizlar bilan jang qiladi. Va siz faqat kechaning markaziy jangini emas, balki birinchi jangini ham intiqlik bilan kutasiz. SHu tariqa men yulduzlarni tarbiyalayman, kuchli janglar uyushtirib beraman, keyin esa bu yigitlar Turkining janglariga o'tishadi", — dedi Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: