CHarm qo'lqop ustamiz 14 sentyabr kuni Yaponiyada o'tkaziladigan jangda nokaut qayd etilishi mumkinligini ham istisno qilmayapti.
"Men istalgan raqibni kuchli zarbalarim bilan muvozanatni chiqarishim mumkin, shu jumladan Inoueni ham. O'zimga ishonganim uchun shunday dadil fikr bildiryapman. Vazifam — uni mag'lub etish va men buning uchun qo'limdan kelgan barcha ishni bajarishga tayyorman. Eng yuqori darajada raqobatlashish uchun menda hamma narsa bor.
Inoue engil vaznlarda kuchsiz emasdi va menimcha, uning Luis Neri va Ramon Kardenasga qarshi o'tkazgan janglarida duch kelgan muammolari 122 funtgacha bo'lgan vazn toifasiga o'tish bilan bog'liq. Unga gavda jihatidan kattaroq va kuchliroq raqiblar qarshilik ko'rsatadi, shu sababli qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu toifada u ko'p qiyinchiliklarga duch keladi, men uchun esa bu odatiy vazn. Agar birortamiz aniq va kuchli zarba yo'llay olsak, nokaut muqarrar. SHuningdek, agar zarbalar almashinuviga berilib ketib, oldinga boradigan bo'lsak ham jang nokaut bilan tugashi aniq. Men butun dunyoga eng yaxshilar qatoridan joy olishga loyiq ekanligimni isbotlayman. Inoue universal bokschi, u hamma narsani biladi, lekin men ham shunday toifadagi jangchiman. Ring hal qiladi - u hech qachon yolg'on gapirmaydi", - deya The Ring nashriga intervyu bergan Ahmadaliev.
Eslatib o'tamiz, Naoya Inoue - Murodjon Ahmadaliev jangi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida bo'lib o'tadi. Ahmadalievning so'zlariga ko'ra, chempionlik jangini Yaponiyada o'tkazish taklifi aynan Naoyaning jamoasi tomonidan bildirilgan. "Ular jangni Yaponiyadan boshqa davlatda o'tkazish haqidagi barcha takliflarga rad javobini berishdi. Lekin bir narsani unutmaslik kerak - ring hamma joyda ham bir xil. Faqat jang natijasiga siyosat aralashmasa bo'lgan", — deya so'zlariga yakun yasadi Murodjon.