Bir muddat avval kamerunlik aralash yakkakurash ustasi amerikalik bokschini ringga chorlagan edi.
"Hurmatni saqlayman, lekin shuni bilginki, men oyoqda mahkam turibman. Qo'rquvsiz, zaifliksiz, soxtaliksiz. Hamisha tayyor, hamisha bardam. Ringga chiq va bu gaplarimni nimani anglatishini ko'rasan, Frensis!" - deb yozdi amerikalik bokschi ijtimoiy tarmoqda.
Malumot uchun, 2023 yilda UFC`ni tark etgan Frensis Ngannu boks bo'yicha ikkita jang o'tkazdi. Tayson Fyuriga qarshi kechgan jangda hakamlarning qarori bilan mag'lub bo'ldi, Entoni Joshuaga esa chuqur nokaut bilan yutqazdi. SHundan so'ng, kamerunlik "Yirtqich" yana aralash yakkakurashga qaytdi va PFL ligasida braziliyalik Xenan Ferreyrani birinchi raunddayoq nokautga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Deontey Uaylder esa so'nggi jangini shu yilning iyun oyida o'tkazdi. U ettinchi raundda Tayrell Entoni Xendonni texnik nokautga uchratdi.