Kutilganidek, oqshomning asosiy jangi hamyurtimiz Amirxon Alixo'jaev hamda qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Sayat Abduali o'rtasida o'tkaziladi. Jang Liga rahbarlari tomonidan rasman tasdiqlandi. CHempionlik jangi besh raund etib belgilangan.
Engil vazn toifasidagi ushbu chempionlik kamari hamyurtimiz Doston Bozorov tomonidan vakant, yani egasiz qoldirilgandi. Endi Amirxon Alixo'jaev chempionlik kamarini O'zbekistonda olib qolish uchun urinib ko'radi.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba, 5 mag'lubiyat qayd etgan. Sayat Abduali esa 8 ta jangning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.