SportUz.Net
iks
ads

Maykl Bisping: "Tom Aspinall - aralash yakkakurashlarning Muhammad Alisi!"

01.09.2025 13:27    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Bispingning fikricha, Tom Aspinall Siril Ganga qarshi jangda og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qila oladi.

"Men hamisha Tom Aspinallni qo'llab-quvvatlaganman. Rostini aytsam, u Jon Jonsni yutgan bo'lardi. Bu men aqlbovar qilmas jangchi deb hisoblaydigan Jonsga nisbatan hurmatsizlik emas. Siril Gan qiziqarli raqib, chunki u barcha og'ir vaznlilar orasida eng atletik va ehtimol harakatlanish bo'yicha Tom bilan raqobatlasha oladigan yagona raqibdir. Umuman olganda, u Aspinalldan ham jismonan kuchli va oyoqlarida engil harakat qila oladi. Tom ham bahaybat va shu bilan birga oyoqlarida engil harakat qilishni biladi. Men har doim uni aralash yakkakurashlarning Muhammad Alisi deb aytaman. Aytish mumkinki, bu og'ir vazndagi Jorj Sen Perning versiyasi: u kurashishni va boshqa hamma narsani biladi... Xullas, men bu jangda Tom Aspinallning g'alabasiga ishonaman", - dedi Bisping Bloody Elbow muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Tom Aspinall - Siril Gan jangi 25 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 321 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: