"Avvalo, jamoatchilikka shuni aniq aytib qo'ymoqchiman: boksdan ketganim haqidagi xabarlar haqiqat emas. Bu gaplar menga aloqador bo'lmagan inson tomonidan aytildi va u mamlakatni aldadi.
Men sportdan ketganimni elon qilmaganman va o'z faoliyatimga sodiq qolganman. Doimiy ravishda mashg'ulot o'tkazaman, sport formamni saqlayman va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik ko'ryapman.
Bu mish-mishlar faqat sport faoliyatimga to'sqinlik qilish uchun tarqatilmoqda. Men har doim sportga va Vatanim — Jazoirga sodiq qolaman. Bu yolg'on menga yurtim sharafini himoya qilishimga va bayrog'imizni baland tutishga to'sqinlik qila olmaydi", — deb yozdi Xelif ijtimoiy tarmoqlarda.