SportUz.Net
photo photo
iks
ads

Nursulton Ro'ziboev Brayan Battlning UFC'dan haydalishiga qanday munosabat bildirdi?

22.08.2025 14:24    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev o'zi jang qilishi kerak bo'lgan amerikalik Brayan Battlning Ligadan ketkazilishi haqida gapirdi.

"Jangimizni bekor bo'lishiga sabab bo'lgan odam mana UFC'dan ham haydalib ketdi. Ko'pchilikni norozi qilgani uchun o'zbeklarning ham qarg'ishiga uchradi. Jang o'zidan-o'zi bekor bo'lmaganini o'zlaringiz ko'rdilaringiz. Hammasi Xudodan. Biz hamma sababini qildik. Lekin o'xshamadi. Raqiblarni qo'llab-quvvatlashni to'xtatinglar", deb aytib o'tgan Ro'ziboev.

Nursulton va Brayan o'rtasidagi bahs 17 avgust kuni UFC 319 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Biroq Battlning vazn qila olmagani tufayli bellashuv bekor qilindi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: