SportUz.Net
photo photo
iks
ads

SHon Striklend yarim yilga janglardan chetlatildi

22.08.2025 16:09    


Rasmni yuklab olish

Nevada shtati Atletik komissiyasi o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon Striklendni 6 oyga diskvalifikaciya qildi.

Gap shundaki, amerikalik aralash yakkakurash ustasi ikki oy oldin Las-Vegasda bo'lib o'tgan Tuff-N-Uff mintaqaviy turnirida janjal ko'targandi. CHetlatish muddati 29 iyun kuni sodir bo'lgan voqeadan boshlab hisoblanib, 29 dekabrda tugaydi. Agar Striklend g'azab va asabinini boshqarish kursidan o'tsa, diskvalifikaciya to'rt yarim oygacha qisqartirilishi mumkin. Bundan tashqari, amerikalik 5 000 dollar jarima, shuningdek, qo'shimcha sud xarajatlarini ham to'laydi.

"SHon Striklend bir qadam oldinga yurdi. U bu jarayonni soddalashtirdi. U o'zini tutishi uchun uzr so'radi. Biz insonning masuliyatni o'z zimmasiga olishini qadrlaymiz va qaror tezda qabul qilingani va barcha tomonlar bilan kelishilganidan xursandmiz. Janob Striklendga yana bir bor minnatdorlik bildiramiz. U xatoga yo'l qo'ydi, buni tan oldi va biz buni qadrlaymiz," - deya komissiya xulosasiga izoh berdi uning raisi Dallas Xaun.

Darvoqe, Kris Kyortis 2 500 dollar miqdorida jarimaga tortildi, u voqea paytida Striklend bilan birga oktangonga kirgan. 29 iyun kuni Striklend Las-Vegasdagi Tuff-N-Uff 145 turnirida Lyuis Ernandesga sabmishen evaziga yutqazgan jamoadoshi Maylz Xansingerga sekundantlik qilgandi. Jang tugashi bilan Ernandes Striklendni imo-ishora va baland ovoz bilan provokaciya qila boshladi. Natijada u oktagonga bostirib kirib, ikki marta zarba berdi, ammo komissiya va liga vakillari vaziyat nazoratdan chiqib ketishidan oldin aralashishga ulgurishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: