SportUz.Net
photo photo
iks
ads

Bivol jamoasi vakili Dmitriyning navbatdagi raqiblari haqida gapirdi

22.08.2025 17:12    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn (79,2 kg) toifasida mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov bokschi keyingi jangda qaysi raqiblarga qarshi ringga chiqishi mumkinligini aytdi.

Uning takidlashicha, jamoa hozircha "oraliq jang" tashkil qilish g'oyasini muhokama qilmayapti.

"Biz kelasi yil Benavides yoki Beterbievga qarshi jang qilishga tayyormiz. Dmitriy uchun "razminka" jang haqida gap bo'lishi mumkin emas. Bu haqida faqatgina tiklanish rejaga muvofiq ketmasa, muhokama qilamiz.

Men eshitdimki, yarimog'ir vaznda avvalgi jang g'oliblari o'zaro jang qilishadi. Balki ularning g'olibi keyin Dmitriy bilan jang o'tkazar. Menimcha, bu to'g'ri qaror bo'ladi. Bu muxlislarga ham qiziq bo'ladi", - dedi Kornilov World Boxing News saytiga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: