"Men uchun bu bellashuvda hech qanday intriga yo'q. Magomedning revanshlarda o'zini qanday ko'rsatishini hisobga olsak, bilmayman, nima bo'lar ekan. Tasavvur qiling, agar Aleks Maga ustidan g'alaba qozonsa, keyin nima bo'ladi?
SHunchaki, bu noreal ish bo'lardi. Lekin shu holatda ham bu jangda intriga yo'q! Rostini aytsam, men yarim og'ir vaznda Magaga kim haqiqiy qarshilik ko'rsata olishini umuman bilmayman", dedi Guskov.
Malumot uchun, rossiyalik va braziliyalik sportchi o'rtasidagi ikkinchi jang 5 oktyabr sanasida o'tkaziladi.
Bokschilarimiz U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionatini 18 ta medal bilan yakunlashdi, 8 tasi oltin!