Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi UFC 317 turniri doirasida Iliya Topuriyaga qarshi o'tkazilgan chempionlik jangining birinchi raundidayoq nokautga uchragandi.
"Umrimda hech qachon nokautga uchramaganman. Hamma narsa qachondir birinchi marta bo'ladi. Ilk bor shunday holatga tushib qoldim. Afsuski, mening navbatim kelgan ekan - juda kuchli raqibga muddatidan oldin yutqazdim. Uyga g'amgin, yig'lagan va g'azablangan holda qaytdim. Lekin hozir har qachongidan ham tayyorman. So'zlarimni eslab qoling: yaralangan sher - hamon sher. 12 oktyabr kuni men hikoyam hali tugamaganini amalda isbotlayman", - deya Oliveyraning so'zlarini keltiradi AgFight.
Malumot uchun, CHarlz Oliveyra navbatdagi jangini 12 oktyabr kuni o'z vatani Rio-de-Janeyrodagi UFC turniri doirasida ozarbayjonlik Rafael Fizievga qarshi o'tkazadi.