SportUz.Net

Ikki yosh toifasidagi Osiyo chempionatida 30 ta medal qo'lga kiritdik va bu borada ham birinchi bo'ldik!

11.08.2025 16:18    


Rasmni yuklab olish

Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida ilk bor tashkil etilgan Asian Boxing yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Bugun musobaqaning so'nggi kuni doirasida U-22 yosh toifasidagi final bellashuvlari o'tkazildi.

Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz azolari 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza, jami 18 ta medalga ega chiqishdi. Yigitlarimiz hisobida 6 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bo'lsa, qizlarimiz turnir davomida 2 ta oltin va 3 tadan kumush hamda bronza medallarini o'ziniki qildi.

SHunday qilib, medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida Qozog'iston (5 ta oltin, 4 ta kumush) va Xitoyni (3 ta oltin, 4 ta bronza) ortda qoldirib, birinchi bo'ldik. Yigitlarimiz ham bu borada tengsiz bo'ldi. Bizdan keyin Qozog'iston (3 ta oltin, 2 ta kumush) va Yaponiya (1 ta oltin, 1 ta bronza) bor.

Qizlar jamoamiz ham medallarni qo'lga kiritish borasida Qozog'iston (2 ta oltin, 2 ta kumush)dan yaxshiroq natija qayd etishdi. Birinchi o'rinni esa Xitoy vakilalari (3 ta oltin, 2 ta bronza) egallashdi.

Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston U-19 terma jamoasi o'z yosh toifasidagi qita birinchiligini 7 ta oltin, 3 kumush, 3 ta bronza, jami 13 ta medal medal umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlagan edi. 


Osiyo chempionati U 22 G'olib va sovrindorlari:

Oltin:

Gulsevar Ganieva (-51 kg)

Xumorabonu Mamajonova (-57 kg)

Samandar Olimov (-55 kg)

Sayat Ilyasov (-65 kg)

Muhammadazizbek Ismoilov (-70 kg)

SHavkatjon Boltaev (-75 kg)

Abdulaziz Abdurahmonov (-85 kg)

Halimjon Mamasoliev (+90 kg).

Kumush:

Robiyaxon Baxtiyorova (-48 kg)

Oysha Toirova (-70 kg)

SHoxrux Abdumalikov (-60 kg)

Rahmatullo Boymatov (-80 kg)

SHahzod Polvonov (-90 kg)

Uzukjamol Yunusova (-54 kg).

Bronza:

Erkaklar:

-50 kg. Behruz Xoldorov.

Ayollar:

-60 kg. Odinaxon Ismoilova

-65 kg. Mohira Ahmedova

+81 kg. Diyoraxon Abdumannobova.


Ikki yosh - U-19 va U-22 toifasida o'tkazilgan Osiyo chempionati yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 15 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza, jami 30 ta medal qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu borada ham qitada bokschilarimizga teng keluvchi raqib topilmadi. Ikkinchi o'rindagi Qozog'iston bizdan 8 ta oltin medal kam jamg'ardi.  

 

Osiyo chempionati. Ikki yosh toifasidagi umumiy medallar:

1. O'ZBEKISTON — 15 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza

2. Qozog'iston — 7-9-6

3. Xitoy — 6-1-8

4. Hindiston — 4-11-12

5. Tailand — 4-1-3

6. Yaponiya — 2-0-3

7. Eron — 1-1-4

8. Filippin — 0-2-2

9. Xitoy Taypeyi — 0-2-3

10. Mo'g'uliston — 0-1-3

11. Vetnam — 0-1-6

12. BAA — 0-1-0

13. Koreya Respublikasi — 0-0-10

14. Qirg'iz Respublikasi — 0-0-2

15. Indoneziya — 0-0-1

15. Qatar — 0-0-1

15. Butan — 0-0-1

15. Gonkong — 0-0-1

15. Nepal — 0-0-1

15. Malayziya — 0-0-1.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: