SportUz.Net

"Xamzatdan og'ir vaznlilar ham qo'rqadi" - Jon Jons

11.08.2025 19:27    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Jon Jons Xamzat CHimaev haqida gapirdi.

CHimaev o'z intervyularidan birida Jonsni MMAdagi eng zo'ri deb atagandi.

"Bu ajoyib maqtov, Xamzatdan. Men uning katta muxlisiman. Uning meni maqtashi yoki kamtarlik qilishi uchun hech qanday sabab yo'q deb o'ylayman — u bunga majbur emas. Hatto og'ir vaznli jangchilar ham undan qo'rqishadi, shuning uchun u menga bunday hurmat bilan munosabatda bo'lishi men uchun haqiqatan ham katta ahamiyatga ega. Uning bu qadar oliyjanob maqtovi uning xarakteri va kamtarligidan darak beradi. SHu bois undan juda minnatdorman va mamnunman", — dedi Jons.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: