Yangilangan reytingdan 6 nafar bokschimiz o'rin olgan:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 8-o'ringa tushdi (o'tgan oy 7-o'rinda edi);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev 8-o'rinda qoldi;
Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 7-o'rinda qoldi;
Ikkinchi yarim engil vazn (-58,9 kg): Xurshidbek Rasuljonov 32-o'ringa tushdi (o'tgan oy 31-o'rinda edi);
Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 9-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 10-o'rinda edi).
O'ta engil vazn (50,8 kg): Hasanboy Do'smatov 13-o'rinda qayd etildi.
Bokschilarimiz U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionatini 18 ta medal bilan yakunlashdi, 8 tasi oltin!