SportUz.Net

Eddi Xirn SHahram G'iyosovning bo'lajak chempionlik jangi haqida gapirdi

11.08.2025 12:00    


Rasmni yuklab olish

O'tgan yili 32 yoshli charm qo'lqop ustamiz chempionlik uchun majburiy davogarga aylangandi.

Britaniyalik promouter Eddi Xirnning fikricha, yarimo'rta vaznda WBA'ning yangi chempioni Rolando Romero birinchi raqamli davogar SHahram G'iyosovga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qilishi kerak.

"Biz Romero bilan jang tashkil qilish ustida ko'p ishlayapmiz. O'ylashimcha, bu vaziyatda G'iyosovga nisbatan adolatsizlik qilinmoqda", deb aytib o'tdi Xirn ijtimoiy tarmoqlarda.

Malumot uchun, G'iyosov o'tgan yili majburiy davogarga aylangandi, ammo uning WBA chempioni Eymantas Stanionisga qarshi jangi IBF kamari sohibi Jeyron Ennis bilan birlashtiruvchi bahs sabab qoldirilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: