SportUz.Net

Dmitriy Bivol operaciya qilindi (FOTO)

09.08.2025 14:57    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn (79,4 kg gacha) bo'yicha mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol eski bel jarohati tufayli operaciya qilingani va tiklanish jarayoni boshlanganini aytdi.

"SHifokorning qatiy tavsiyasiga ko'ra, o'n yildan ortiq davom etgan va har bir mashg'ulot yig'inida og'rig'i kuchaygan eski bel jarohatimni operaciya qilishga to'g'ri keldi.

Hammasi muvaffaqiyatli o'tdi va hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Oldinda 6–8 haftalik tiklanish, undan keyin mashg'ulotlarga qayta boshlayman. Barchaga qo'llab-quvvatlash uchun rahmat — kelasi yili yangi chorlovlarni intiqlik bilan kutyapman!", — deb yozdi Bivol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: