"Menimcha, o'yin jangi bo'lsa kerak. CHunki bunday jiddiy "kontrpancher", yani qarshi hujumchiga qarshi kuch ko'rsatishga urinish juda ahmoqona bo'lardi. Men butun tayyorgarligimni shunga qurgan bo'lardim. Bu chinakamiga "o'yin" bo'lardi. Ehtimol, jang to'liq davom etgan va uning g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlangan bo'lardi. Har holda men o'z rejamni shunday tuzgan bo'lardim.
U bilan olishish yoki biror joyda shapaloq bilan qo'lga tushirishni mo'ljallab, jang rejasini tuzish ahmoqlik bo'lardi - u hamma narsani ko'rib turibdi. Qanchalik g'alati tuyulmasin, Ankalaev bilan hammadan ko'ra Krilov yaxshi mushtlashdi. Raqobatli jangning plyus-minuslari bor edi. Ammo biz o'z tayyorgarligimizni o'yinga qurgan bo'lardik, uni cho'zish va ishlashga majbur qilish uchun. Ammo tepaga chiqish uchun yana kamida ikki qadam tashlashim kerak," - dedi aralash yakkakurash ustamiz HUSTLE SHOW podkastining navbatdagi sonida.
Avvalroq, Bogdan "SHahzoda" (Carevich) Guskov navbatdagi raqibi sifatida divizionning sobiq chempioni, reytingning oltinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Jamal Xillni ko'rishni istashini malum qilgandi. O'tgan oyda Bogdan birinchi raunddayoq rossiyalik Nikita Krilovni texnik nokautga uchratib, UFC’da ketma-ket to'rtinchi muddatidan oldingi g'alabasini qo'lga kiritgandi.