SportUz.Net

O'n nafar bokschimiz Osiyo chempionati finalida

09.08.2025 12:06    


Rasmni yuklab olish

Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha ikki yosh toifasidagi Osiyo chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Kecha U-19 yosh toifasidagi musobaqada 1/2 final janglari o'tkazilib, finalchilar aniqlandi. Kunduzgi dastur yakunlariga ko'ra 4 nafar bokschi-qizlarimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi. Kechki dasturda esa final chiptasi uchun ringga ko'tarilgan yigitlarimizdan 6 nafari g'alabaga erishdi. 

Abdurahmon Mahmudjonov (-60 kg), Maftuna Yangieva (-75 kg) va Ruxshona Parpieva (-81 kg) Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Bugun qita birinchiligida dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga Osiyo chempionatining ushbu yosh toifasida final janglari bo'lib o'tadi. 

Finalga yo'l olgan U-19 tarkibimiz: 

Yigitlar:

-65 kg. Jahongir Zayniddinov

-70 kg. Abdulaziz Jo'raqulov

-75 kg. Muhammadjon Yaqupboev

-80 kg. Norbek Abdullaev

-85 kg. Samir Sobirov

+90 kg. Islam Salihov


Qizlar:

-48 kg. Maftuna Musurmonova

-60 kg. Sevara Mamatova

-70 kg. Rayhona Qurbonboeva

+81 kg. Sobiraxon SHahobiddinova


Bronza medali egalari:

-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov

-75 kg. Maftuna Yangieva

-81 kg. Ruxshona Parpieva



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: