Sportchilar 2025 yil iyun oyi oxirida bo'lib o'tgan UFC turnirida uchrashgan edi.
"Men juda ko'p harakatlar, turli zarbalar, teykdaunlar va kombinaciyalarni mashq qilganman. Lekin jang boshlanganda, faqat o'zimni namoyish etishni istadim. Qo'l zarbalarimga va nokaut qila olish kuchimga haddan ziyod ishondim. Ideal zarba uchun fursat kutdim, lekin Iliya mendan ancha tez harakat qildi, chunki men faqat kutar edim. U juda tez edi. Uning jang rejasi yaxshiroq chiqdi. U har tomonlama hurmatga loyiq", — dedi Oliveyra.