SportUz.Net

UFC on ESPN 72 ishtirokchilari taroziga chiqishdi, asosiy jang qatnashchisi vazn qila olmadi

09.08.2025 10:27    


Rasmni yuklab olish

Bugun tunda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC on ESPN 72 turniri jangchilari odatdagidek rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida Roman Dolidze va Entoni Ernandes o'rtasida o'tkaziladi. Aynan Ernandes belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. U o'rta vazn limitidan 0.5 funt (0.227 kg) ortiqcha vazn ko'rsatdi va endi o'z gonorarining malum bir qismini Roman Dolidzega beradi. 

Vazn qila olmagan faqat Entoni emas. Yana ikki jangchi ham belgilangan vazn meyoridan ortiqcha vaznga ega ekani oydinlashdi. Ayollar o'ta engil vazn toifasi vakilasi Joselin Edvards 61.9 kg tosh bosdi. Bu belgilangan meyordan 0.25 funt (0.113 kg)ga ko'p degani. U ham gonorarining malum qismini raqibasi Priscila Kechoeyraga beradi. 

SHuningdek, yana bir ayol jangchi Yuliya Stolyarenko ham belgilangan vaznni qila olmadi U tarozida 57.3 kg tosh bosdi. Limitdan ortiqcha 0.25 funt (0.113 kg) vaznga ega bo'lgan Yuliya endi raqibasi Gabriella Fernandes (56.9 kg)ga gonoraridan ulush beradi. 


UFC on ESPN 72 tarozi natijalari

Asosiy kard janglari

Roman Dolidze (84.2 kg) – Entoni Ernandes (84.6 kg) 

Stiv Erceg (61.5 kg) – Odi Osborn (61.5 kg)

Andjela Xill (52.6 kg) – Yasmin Lusindo (52.2 kg)

Andre Fili (66.2 kg) – Kristian Rodriges (66.2 kg)

Mayls Jons (61.7 kg) – Jin Macumoto (61.7 kg)

Erik Anders (84.4 kg) – Kristian Leroy Dankan (83.9 kg)


Prelim kard janglari

Rafael Serkeyra (92.1 kg) – Julius Uoker (93.4 kg)

Toshiomi Kazama (61.7 kg) – Elayja Smit (61.7 kg)

Priscila Kechoeyra (60.8 kg) – Joselin Edvards (61.9 kg) 

Urosh Medich (77.6 kg) – Gilbert Urbina (77.6 kg)

Gabriella Fernandes (56.9 kg) – Yuliya Stolyarenko (57.3 kg)

Kodi Brandeyj (91.8 kg) – Erik MakKoniko (92.7 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: