SportUz.Net

Usik o'z faoliyatidagi 5 ta asosiy voqeani sanab berdi

13.07.2025 17:06    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usik o'zining professional faoliyatidagi eng muhim beshta voqeani sanadi.

"Birinchi voqea — men boks bilan shug'ullanishni boshlagan kun. Bu 2002 yilda sodir bo'lgan. Ikkinchisi — 2008 yilda Liverpulda bo'lib o'tgan Evropa chempionatidagi birinchi muhim g'alabam. Uchinchisi — 2011 yilda Boku shahrida havaskorlar o'rtasida jahon chempioni bo'lganim. To'rtinchisi — 2012 yilda Londondagi Olimpiadada oltin medal yutganim. Beshinchisi — 2024 yilda Ar-Riyodda og'ir vaznda mutlaq chempion bo'lganim", — dedi Usik DAZN portaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: