Jang 20 iyul kuni Luiziana shtatidagi Nyu-Orlean shahrida bo'lib o'tadi.
"Menda allaqachon bitta trilogiyada 0:3 hisob bor. Endi ikkinchisida ham shunday natijaga ega bo'lishni xohlamayman. Bu mening asosiy motivaciyam. BMF kamariga ega bo'lish juda zo'r, lekin tarixga kirish ham muhim. SHuning uchun Porega qarshi jangda referi qo'limni ko'tarishini istayman. Pore — haqiqiy afsona va dahshat. Bilaman, bu uning "so'nggi raqsi". Lekin men g'alaba qozonishim kerak", — dedi u Sportskeeda nashriga.