Uning aytishicha, Maks Xolloueyga qarshi bo'lajak jang uning faoliyatidagi eng yorqin janglardan biriga aylanishi kerak.
"Men uchun faqat afsonaviy raqib bo'lishi kerak edi. Maks bunga to'liq mos: u Getjini nokaut qilgan, Topuriyaga yutqazgan bo'lsa-da, hanuzgicha yaxshi formada. U uzoq vaqt chempion bo'lgan. Mana shunday raqiblar mening g'alabalar ro'yxatimda bo'lishini istayman.
Jang haftasidagi har bir lahzani his qilishga harakat qilaman. CHunki bu oxirgi marta. Endi hech qachon jang kuni ertalab bo'ladigan hayajonni his qilmayman. SHuning uchun, men shou qilib ketmoqchiman. Bu kecha jangi, yil jangi bo'lishi kerak. Ha, bu chok tushishlarsiz bo'lmaydi", – dedi Pore.
Pore va Xollouey o'rtasidagi jang 20 iyul tongida o'tkazailadi.