SportUz.Net

"Nima uchun yo'q?". Menejer Maxachevning Topuriyaga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi

13.07.2025 16:45    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachevning menejeri Rizvan Magomedov agar Maxachev o'zining kelayotgan jangda Jek Della Maddalenani engsa, unda Iliya Topuriyaga qarshi jangni tashkil qilishlari mumkinligini aytdi.

"Agar hammasi yaxshi ketsa va ikkinchi kamarni olsak, keyin bu masala bo'yicha suhbatlashishimiz mumkin. Nima uchun yo'q? Yana qaytib, engil vazn chempioni kimligini eslatib qo'yish mumkin. Bu jang uchun asoslar bor. Muxlislar ham bu jangni ko'rishni xohlayapti. Topuriya hozir engil vaznda o'zini ko'rsatdi. Hech qanday hayratlanarli narsa qilmadi, lekin o'zining kuchli va zaif jihatlarini Oliveyraga qarshi jangda namoyon qildi", — dedi u Match TV'ga bergan intervyusida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: