SportUz.Net

Naoya Inoue - Murodjon Ahmadaliev oqshomi chiptalari sotuvga chiqdi

13.07.2025 15:18    


Rasmni yuklab olish

14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida uzoq kutilayotgan katta professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Turnirning asosiy jangi professional boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lib turgan yaponiyalik Naoya Inoue hamda WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev o'rtasida o'tkaziladi. 

Nagoyada yangi qurib bitkazilgan IG Arena'da o'tadigan ushbu turnirning chiptalari sotuvga chiqdi. Eng arzon chiptaning narxi 85 AQSH dollariga baholandi. Eng qimmat chiptani esa 1692 dollarga xarid qilishingiz mumkin bo'ladi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: