SportUz.Net

Asosiy jangi nokaut bilan yakunlangan UFC on ESPN 70 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

13.07.2025 11:00    


Rasmni yuklab olish

Bugun tongda AQSHning Neshvill shahri kardida 12 ta jang bo'lgan navbatdagi UFC turniriga mezbonlik qildi.

Xabar berganimizdek, UFC on ESPN 70 oqshomining asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda kamar uchun sobiq davogar amerikalik Derrik Lyuis braziliyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi Tallison Teysheyrani birinchi raundning 38-soniyasidayoq texnik nokautga uchratdi. Bu holat, yani referi jangni erta to'xtatgani Tallisonning murabbiylari hamda arenaga yig'ilgan muxlislarning etiroziga sabab bo'ldi. Jang hakami Jeyson Xercog qarorini o'zgartirmadi. 

Texnik nokaut qarori elon qilinganidan keyin Lyuis hamma hunarini oktagonda ko'rsatdi va hatto Dana Uaytning telefonida AQSH prezidenti Donald Tramp bilan gaplashishga ham muvaffaq bo'ldi. 

Turnirning co-main event jangi yarimo'rta vaznda UFC kamari uchun sobiq davogar Stiven Tompson hamda Gabriel Bonfim o'rtasida kechdi. Uch raund to'liq davom etgan to'qnashuvda Stiven hakamlarning qarori bilan, yani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchradi. Bu uning ketma-ket uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. Hakamlarning qaroriga muxlislar yana o'z etirozlarini bildirishdi.  

Muhimligi jihatidan uchinchi jangda amerikalik nokautchi Stiv Garsiya vatandoshi Kelvin Kattarga qarshi oktagonga chiqdi. Bu safar u raqibidan ochkolar hisobi bo'yicha ustun keldi. Garsiya UFC oktagonida ilk bor to'liq jang o'tkazdi.  

Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, Morgan SHare, Vitor Petrino, Jorj Tokkos, Jeyk Metyuz, Valter Uoker, Mayk Devis va Fatima Klayn o'z janglarini muddatidan avval yakunlashdi.


UFC on ESPN 70 turnirining barcha natijalari:

Derrik Lyuis Tallison Teysheyra texnik nokautga (zarba) uchratdi – 1-raund, 0:35

Gabriel Bonfim Stiven Tompsonni ochkolar bo'yicha yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Stiv Garsiya Kelvin Kattarni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27)

Morgan SHare Neyt Landverni nokautga (zarba) uchratdi – 3-raund, 0:27

Vitor Petrino Ostin Leyn sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga engdi – 1-raund, 4:16

Jorj Tokkos Junior Tafadan sabmishn (qo'l bilan uchburchak usulda) evaziga taslim etdi – 2-raund, 4:25

Kris Kertis Maks Griffinni hakamlar qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi (28-29, 29-28, 29-28)

Jeyk Metyuz CHidi Njokuanini sabmishn (ortdan bo'g'ish) bilan mag'lub etdi – 1-raund, 1:09

Eduard Moura Loren Myorfini ochkolar hisobiga ko'ra engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Valter Uolker Kennedi Nzechukvuni sabmishn bilan yutdi (og'ritish) – 1-raund, 0:54

Mayk Devis Mitch Ramirezni texnik nokautga uchratdi (tizza bilan zarba) – 2-raund, 4:08

Fatima Klayn raqibasi Melissa Martinezni texnik nokaut evaziga engdi (boshga oyoqda zarba) – 3-raund, 2:36



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: