Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkazildi va unda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustalari o'zaro to'qnash kelishdi. Amerikalik WBC chempioni SHakur Stivenson meksikalik vaqtinchalik kamar sohibi Uilyam Sepedaga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raund to'liq davom etgan chempionlik jangida SHakur Stivenson majburiy davogar hisoblangan Sepedani hakamlarning yakdil qarori bilan 118-110, 118-110, 119-109 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi hamda WBC chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Xollouey: "Ikkita trilogiyada 0:3 hisobida yutqazgan sportchi bo'lishni xohlamayman"