Boynazarovning murabbiyi malum qilishicha, Xotambek 24 iyul kuni Abu-Dabi shahridagi (BAA) Space42 Arena majmuasida o'tkaziladigan UAE Warriors 62 turniri doirasida oktagonga qaytadi.
Hozircha unga kim raqiblik qilishi nomalum. Biroq murabbiy so'zlariga ko'ra, Boynazarov o'sha kuni UFC sobiq jangchisi bilan bahs olib boradi.
Takidlash joiz, Xotambek Boynazarov prof faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. U o'tgan yilning oktyabr oyida o'tkazgan so'nggi jangida ozarbayjonlik Tagir Abdullaevni ochkolar hisobiga ko'ra engib, yarim o'rta vaznda UAE Warriors chempioniga aylangandi.
Virjil Ortis: "Men u bilan jang qilmoqchiman - tez orada bu to'qnashuv amalga oshadi"
UAE Warriors chempioni Xotambek Boynazarovning keyingi jangi sanasi va manzili malum bo'ldi