SportUz.Net

Pereyra debyut jangidayoq UFC rekordini o'rnatadi

09.07.2025 19:54    


Rasmni yuklab olish

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan braziliyalik xonim Alis Pereyra dunyoning eng kuchli ligasidagi ilk jangidayoq rekord qo'yadi.

U 13 sentyabr kuni San-Antonioda o'tkmziladigan UFC turnirida meksikalik Montserrat Rendonga qarshi oktagonga chiqadi. Bu uning UFC oktagonidagi ilk jangi bo'ladi. 

Gap shundaki, jang kuni Pereyra UFC tarixidagi eng yosh ayol jangchiga aylanadi. O'sha kuni u 19 yosh 8 oyligu 24 kunlik bo'ladi. Bundan avvalgi rekord Koreya Respublikasi vakilasi CHen Mi Jeonga tegishli bo'lib, 2017 yilning iyun oyida 19 yosh 9 oyligu 13 kunligida UFC promoushenida debyut qilgandi. 

Malumot uchun, Alis Pereyra MMAda 6 ta professional jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'rtta jangda raqibalarini nokautga uchratgan, yana bir jangda bo'g'ib qo'ygan. So'nggi jangini Samara Santosga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.

Taqqoslash uchun, 36 yoshli Montserrat Rendon Alisdan teng barobariga katta. U UFC bayrog'i ostida ikkita jang o'tkazgan. Tamires Vidalni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan, rossiyalik Darya Jeleznyakovaga esa yutqazgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: