SportUz.Net

Virjil Ortis: "Men u bilan jang qilmoqchiman - tez orada bu to'qnashuv amalga oshadi"

09.07.2025 19:24    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida WBC Interim chempioni Virjil Ortis (23-0, 21 KO) rossiyalik IBF chempioni Baxram Murtazalievga (23-0, 17 KO) qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Baxram, bu erda sendan hech kim qochmayapti. Men Turki Ash SHayxga to'g'ridan-to'g'ri sen bilan jang qilmoqchi ekanligimni aytdim, hatto bir necha marta. Bu tez orada sodir bo'ladi, xavotir olma", deb yozgan Ortis o'zining X (sobiq Twitter) sahifasida.

Virjil 2025 yil fevralida o'tkazilgan so'nggi jangida hamyurtimiz Isroil Madrimovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: