SportUz.Net

Ramazon Temirovning Asu Almabaev bilan jangi bekor qilinishiga doping sabab bo'ldi

09.07.2025 12:24    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda sportchimizning o'zi malum qildi.

"Men ham, u ham jarohat olmadik. Sabab biz tomondan bo'ldi. Tailandga kelgan paytimda menga har xir infekcion yaralar toshdi. Bu har bir sportchi kelgan paytida bo'ladigan holat ekan. Keyin dietologim menga dori yozib berdi va men uni ichdim. 3-4 kundan keyin doping nazoratidan kelib, tahlillar olib ketishdi. 

Yaqin kunlarda chiqqan javoblarda aytilishicha, men ichgan dori tarkibida doping nazoratida taqiqlangan modda bor ekan. SHuning uchun ham jangimiz bekor bo'ldi. Hammasi Allohdan. SHu paytgacha umuman raqib tanlamaganmiz. Faqatgina Allohdan qo'rqqanmiz. Xudo xohlasa, yaqin kunlarda keyingi jangimiz yana aniq bo'lib qoladi", dedi Temirov. 

Ramazonning Asu bilan jangi 26 iyul kuni Abu-Dabida o'tkazilishi kerak edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: