24 yashar hamyurtimiz 18 iyul kuni tashkil etiladigan ONE FC turniri doirasida oktagonga qaytadi.
Malum bo'lishicha, unga o'sha kuni Yaponiya vakili Tatsumisu Vada raqib bo'ladi.
Vada o'zbekistonlik sportchilar uchun begona emas. U joriy yilning yanvar oyida boshqa bir hamyurtimiz — Sanjar Zokirov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Takidlash joiz, Avazbek Xolmirzaev faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 36 yoshli Tatsumitsu Vada hisobida esa 26 ta g'alaba, 13 ta mag'lubiyat va 2 ta durang mavjud.
Turki al ash-SHeyx Kanelo - Krouford jangi haqida: "Bu boksdagi eng qimmat shartnomali jang"