SportUz.Net

Azamat Nuftillaev Octagon 74 turnirida janjal ko'tardi (VIDEO)

23.06.2025 11:30    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azamat Nuftillaev chempionlik kamari uchun jang qilish istagini bildirdi.

U 21 iyun kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida tashkil etilgan Octagon 74 turniri mehmoni bo'ldi.

Qizig'i, Nuftillaev turnir doirasida Liganing og'ir vazn toifasidagi chempioni, qozog'istonlik Karim Ruzbakiev bilan janjal ko'tarib, unga qarshi o'sha erning o'zida jang qilmoqchiligini aytdi.

SHundan keyin Nuftillaev 6 iyul kuni Toshkentga Ruzbakiev bilan jangni tashkil qilib berishlarini so'radi. Tashkilotchilar esa bunga javoban Azamatga 6 iyul kuni uchun jang taklif qilishgani, biroq hamyurtimiz bu taklifni rad etganini aytishdi.

Azamat Nuftillaev faoliyati davomida hozirgacha 18 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: