SportUz.Net

Ngannu UFC`ga qaytishi mumkinligi haqida xabar bo'yicha Dana Uaytga javob berdi

23.06.2025 10:27    


Rasmni yuklab olish

Jon Jons og'ir vaznda UFC chempionlik kamarini vakant, yani egasiz qoldirganidan keyin ushbu divizionning sobiq chempioni Frensis Ngannuning yana promoushenga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Vaqtinchalik kamar sohibi bo'lib turgan britaniyalik Tom Aspinall Jonsning ketishi fonida og'ir vazn toifasida to'laqonli UFC chempioniga aylandi. UFC rahbari Dana Uayt ham Frensis Ngannuning qaytishi mumkinligiga o'z munosabatini bildirdi.

"Men Frensisning katta muxlisi emasman. Bir narsani anglab etdimki, uning aytadigan gaplari deyarli haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Yani, aytgan gaplarini amalda isbotlayvermaydi. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, agar Ngannu UFC`ga qaytsa, bundan hayron qolaman", - dedi Uayt.

Kamerunlik og'ir vaznli aralash yakkakurash ustasi UFC prezidentining bu gapini javobsiz qoldirmadi.

"Men UFC`ga qaytishim haqida gapirmagan edim shekilli?", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Ngannu. 

SHuningdek, Frensis muxlislardan birining "Yo'qotgan kamaringni qaytarib olish uchun ham qaytmaysanmi?" deya yozgan gapiga ham javob berib ketdi. 

"Nimanidir yo'qotganimni eslay olmayapman, og'ayni. Sen aytgan narsa mening shkaf jovonimda turibdi", - deya muxlisga javob berdi kamerunlik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: