SportUz.Net

Bokschilarimiz WBC Gran-prisidagi ikkinchi g'alabalari orqali qancha pul ishlab oldi?

23.06.2025 12:36    


Rasmni yuklab olish

Bir necha kun ilgari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida prof boks bo'yicha WBC Gran-pri turnirining ikkinchi bosqichi o'tkazildi.

Xabaringiz bor, uch nafar o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustalari — Ayubxon Baxtiyorov, Mujibillo Tursunov hamda Lazizbek Mullojonov aprel oyida bo'lib o'tgan ilk bosqich doirasidagi janglarida g'alaba qozonishgan edi.

Nimchorak final bosqichida ham har uchchala bokschilarimiz o'z janglarida g'alaba qozonishdi.

Mazkur janglar orqali Mujibillo Tursunov, Ayubxon Baxtiyorov va Lazizbek Mullajonov 20 ming AQSH dollaridan gonorar olishi belgilangan.

Malumot uchun, gran-prining chorak final bosqichidan o'rin olgan janglar avgust oyida tashkil etiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: