"Inoue va Murodjon bahsi boksdagi eng yaxshi janglardan biri. Atrofidagilar buni istamagan bir paytda, Inoueni bu jangga rozi bo'lgani uchun hurmat qilaman. Menimcha, imkoniyatlar teng. O'z vazn toifasidagi ikkita eng yaxshi bokschi, diviziondagi eng yaxshi jang. Biz sentyabr oyida ushbu jangni ko'rish uchun Yaponiyaga borishni intiqlik bilan kutyapmiz", dedi Xirn.
Inoue va Ahmadaliev o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Tokio shahrida bo'lib o'tadi.