SportUz.Net

Octagon 74. Besh MMA jangchimizdan uch nafarida g'alaba

22.06.2025 13:06    


Rasmni yuklab olish

Kecha Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 74 turniri o'tkazildi.

Musobaqada jami besh nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi ham ishtirok etib, yakunda uch g'alaba va ikki mag'lubiyat qayd etishdi. Hamyurtlarimizdan Kamol Saburov, Huusniddin Nasriddinov va Humoyun Muxtorov raqiblarini taslim etishdi.

Afsuski, Kamil Bogdanov va Farhod Qudratov qozog'istonlik sportchilarga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 

Aralash yakkakurashchilarimiz ishtirokidagi janglar:  

Yarim engil vaznda: Kamol Saburov - Dauren Jakipbek (Qozog'iston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

Eng engil vaznda: Husniddin Nasriddinov - Majid Babaev (Qozog'iston), (1-raundda sabmishen);

Og'ir vaznda: Humoyun Muxtorov - Qomatbek Elchoro Uulu (Qirg'iziston), (1-raundda sabmishen);

Eng engil vaznda: Kamil Bogdanov - Erasil Tanirbergenov (Qozog'iston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

Eng engil vaznda: Farhod Qudratov - Ramazan Amangeldiev (Qozog'iston), (2-raundda sabmishen).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: