SportUz.Net

Tom Aspinall chempion maqomidagi ilk "vyzov"ni qabul qilib oldi

22.06.2025 16:36    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vaznda yangi UFC chempioni Tom Aspinall bilan jang qilish istagini bildirgan ilk sportchi malum bo'ldi.

SHu paytgacha vaqtinchalik kamar sohibi bo'lib kelgan britaniyalik jangchi amerikalik Jon Jons faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan keyin og'ir vazn toifasining to'laqonli chempioniga aylangan edi. Braziliyalik Jailton Almeyda birinchilardan bo'lib Aspinall bilan jang qilish istagini bildirdi. 

"Tabriklayman, chempion. Sen bunga haqli eding. Endi esa kel, mano va mantiqqa ega jangni muxlislarga taqdim etamiz. Aspinall Almeydaga qarshi og'ir vazn chempionligi uchun! Gan har ikkimiz bilan ham jang qilishdan qochgandi. U ikki bor chempionlik kamari uchun jang qildi va har ikki imkoniyatni ko'kka sovurdi. Uning oxirgi g'alabasi esa – o'g'irlik!", - deya Tomga murojaat qilgan Almeyda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: