SportUz.Net

Jon Jons faoliyatini yakunlaganiga ilk bor munosabat bildirdi

22.06.2025 13:24    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasidagi UFC chempionlik kamaridan voz kechib, faoliyatini yakunlagan Jon Jons holatga izoh berdi.

"Bugun men UFC'dagi faoliyatimni yakunlaganimni rasman elon qilaman. Bu qaror oson qabul qilingani yo'q – men bu haqda uzoq vaqt o'yladim. Yillar davomida boshimdan kechirgan barcha narsalar uchun chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman. 

Bu yo'lda meni qo'llab-quvvatlagan UFC, Dana, Xanter, Lorenso, Yaratgan, oilam, murabbiylarim, jamoam va barcha muxlislarga rahmat aytaman. MMA har doim mening qonimda bo'ladi va men odamlarni ilhomlantirishda davom etmoqchiman - faqat boshqacha tarzda. 

Ushbu ajoyib hikoyaning bir qismi bo'lganingiz uchun tashakkur. Eng yaxshisi hali oldinda", deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: