SportUz.Net

Ilhom Nazimov RIZIN turnirida raqibini dahshatli tarzda nokautga uchratdi (VIDEO)

14.06.2025 18:03    


Rasmni yuklab olish

Yaponiyaning Sapporo shahrida MMA bo'yicha RIZIN Landmark 11 turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqaning asosiy kardi doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Ilhom Nazimov Yaponiya vakili Suguru Niiga qarshi oktagonga ko'tarildi.

Yarim engil vazn toifasida kechgan 3 raundlik bellashuvda Nazimov ilk raunddayoq raqibini nokaut orqali muddatidan oldin taslim etdi.

Endilikda 30 yashar hamyurtimizning hisobida 12 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud. Suguru Niining rekordi esa 19-13-0 ko'rinishiga keldi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: