SportUz.Net

Bugun Mahmud Muradov CHexiyada jang qiladi

14.06.2025 15:27    


Rasmni yuklab olish

Bugun CHexiyaning Praga shahrida MMA bo'yicha Oktagon 72 turniri tashkil etiladi.

Mazkur turnirning co-main event to'qnashuvida hamyurtimiz Mahmud Muradov oktagonga ko'tariladi. Ushbu jangda yurtdoshimizga CHexiya vakili Patrik Kinsll raqib bo'ladi. Jang o'rta vazn toifasida Oktagon Interim chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.

Ushbu jang Toshkent vaqti bilan taxminan 00:30dan so'ng boshlanadi. Boshqa janglar natijasiga qarab, boshlanish vaqtida o'zgarishlar bo'lishi mumkin. 

Malumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o'tkazib, 28 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz bilan tengdosh Patrik Kinsll hisobida esa 28 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat mavjud.

Turnir kardi bilan tanishing:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: