SportUz.Net

Murabbiy Frensisning UFC`ga qaytishi haqida aytgan gapiga izoh berdi

14.06.2025 16:51    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuning murabbiyi Erik Niksik o'zi aytgan gaplarga izoh berib o'tdi.

Avvalroq murabbiy PFL promoushenida jang qilayotgan kamerunlik "Yirtiqich"ning yana UFC rosteriga qaytishiga ishora qilgandi.

"Men — aralash yakkakurashlar, xususan og'ir vazn toifasining katta muxlisiman. Frensis o'zi uchun qiziq bo'ladigan har qanday taklif uchun ochiq. Uning PFL bilan ishlari qanday ketayotganidan ochig'i xabarim yo'q. Balki, Ngannu boshqa promoushenlar bilan muzokara olib borolmas. Men hech qachon uning nomidan gapirmaganman. Faqat muxislari orasida yurgan gaplarni aytganman. Men ham barcha singari uni yana "qafas"da ko'rishni istayman", — deya Niksikning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: