Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ukrainalik 38 yoshli chempion 20 iyul kuni London shahridagi muhtasham "Uembli" stadionida amaldagi IBF chempioni, britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi. Bokschilarning ilk jangida Usik g'alaba qozongandi.
Ukrainalik bokschi mashg'ulotlarida yarimo'rta vazn toifasida sobiq Bellator chempioni, vatandoshi Yaroslav Amosov birgalikda sparring o'tkazdi.
"Jangchilar tayyorgarlik ko'rmoqda!" — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat qo'yib, uning ostida izoh yozib qoldirgan Usik.
Saidyoqub ertangi jangi oldidan UFC'ning sobiq mashhur vakili bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)
"Jangchilar tayyorgarlik ko'rmoqda!" - Usik sobiq Bellator chempioni bilan sparring o'tkazdi + FOTO
Xollouey: "Poreni mag'lub etsam, kim meni chempionlik jangiga haqli emas deya oladi?"