Musobaqada ishtirok etgan uch nafar charm qo'lqop ustamizning bari medallarga ega chiqdi. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Abdumalik Halokov -60 kg vazn toifasining hal qiluvchi final jangida angliyalik Jek Dridenni hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, musobaqa chempioniga aylandi.
-70 kg vaznda ringga chiqqan yana bir Olimpiada chempionimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev esa qozog'istonlik Ablayxan Jussupovga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu jang birinchi raunddan keyin Ablayxanning jarohat olishi natijasidan to'xtatildi. G'olib birinchi raund natijasiga qarab elon qilindi.
Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi To'rabek Habibullaev (-90 kg) esa vengriyalik Kiss Milanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida zafar quchdi. To'rabek 1/2 finalda qozog'istonlik Tog'ambay Sag'indikdan 4:1 hisobida ustun kelgan edi.
Xalokov "Eyndxoven kubogi"ning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Habibullaevda ham sovrin + FOTO