SportUz.Net

Hasanboy Do'smatov AQSHga jo'nab ketdi + FOTO

10.06.2025 11:30    


Rasmni yuklab olish

Havakskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov bugun okean ortiga uchib ketdi.

CHarm qo'lqop ustamiz AQSHga navbatdagi jangga tayyorgarlik ko'rish uchun yo'l olgani aytilmoqda.

Avvalroq Hasanboy Do'smatov 2025 yilgi boks mavsumida prof ringdagi faoliyatini davom ettirishi va bir nechta jang o'tkazishini aytgan edi. SHuningdek, O'zbekistonning 2024 yilgi eng yaxshi sportchisi havaskorlar o'rtasida tashkil etiladigan jahon chempionatida ham qatnishish istagini borligini malum qilgandi. 

Hasanboyning bu yil hisobidan havaskorda boksda o'tkazgan so'nggi jangi Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahri mezbonlik qilgan "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira turniriga to'g'ri keladi. O'shanda u Faryozbek Do'smatov bilan 1/4 finalda to'qnash kelib qoldi va tabiiyki, ukasiga yo'lni bo'shatib berdi. 

Malumot uchun, Hasanboy Do'smatov prof boksda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarning 5 tasini muddatidan avval yakunlagan. Oxirgi jangini 2023 yilning 6 noyabr kuni Moskvada Sifamandla Baleniga qarshi o'tkazib, raqibini 10 raund to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: