Mazkur turnir doirasida braziliyalik Bruno Silva ustidan g'alaba qozongan Myanma vakili Joshua Van o'ta engil vazn toifasi reytingida to'rt pog'ona yuqorilab, 10-o'ringa ko'tarildi. Silva esa ikki pog'ona quyilagan holda 14-o'ringa tushdi. SHuningdek, 10-o'rinda bo'lib kelgan rossiyalik Tagir Ulanbekov ham ikki pog'onaga pastladi.
Malumot uchun, ushbu vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Ramazon Temirov 13-o'rinni egallab turibdi. U 26 iyul kuni Abu-Dabidagi UFC Fight Night turniri doirasida sakkizinchi pog'onadagi qozog'istonlik Asu Almabaev bilan to'qnash keladi.