31 yashar hamyurtimiz 17 avgust kuni AQSHning Illinoys shtati, CHikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turnirida oktagonga ko'tariladi.
Unga turnir doirasida avval aytilganidek, amerikalik Brayan Battl raqiblik qilishi oydinlashdi.
Etiborlisi, bellashuv ko'pchilik taxmin qilganidek yarim o'rta vazn toifasida emas, Nursulton so'nggi bahslarini o'tkazib kelayotgan o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
"Ko'rishguncha, CHikago. UFC 319", deya quyidagi suratni izohlagan Nursulton.
Malumot uchun, Andijonda tug'ilgan Ro'ziboev faoliyati davomida 47 ta jang o'tkazib, 36 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. U bilan tengdosh, The Ultimate Fighter 29 shousining g'olibi Brayan Battl hisobida esa 12 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. U so'nggi to'rtta jangining barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
UFC 319 turnirining markaziy jangi o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi hamda davogar Xamzat CHimaev o'rtasida kechadi.
Bahodir Jalolovning prof boksdagi keyingi raqibi, jang sanasi va manzili aniq + POSTER
Korme sobiq UFC jangchisi Ben Askrenning vafot etgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi