SportUz.Net

Tojikistonlik Muhammad Naimov 10 kundan so'ng UFS'da navbatdagi jangini o'tkazadi

12.06.2025 09:21    


Rasmni yuklab olish

21 iyun kuni Ozarbayjonning Baku shahrida MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.

Unda yarim engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi tojikistonlik aralash yakka kurash ustasi Muhammad Naimov ham ishtirok etadi.

30 yashar tojik sportchisi turnir doirasida Avstriya vakili Bogdan Gradga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Naimov karerasi davomida hozirgacha 15 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Grad hisobida esa 15 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: