30 yashar hamyurtimiz bizning vaqt bilan 27 iyul tongida AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi.
Bu haqda Big Uzbek hamkorlik qiluvchi Top Rank promouterlik kompaniyasi xabar berdi. Oqshom doirasida Jalolovga italiyalik Janmarko Kardilo raqiblik qiladi. Bahodir Kardiloning faoliyatidagi eng yaxshi rekordga ega raqibiga aylanadi.
Jalolov hozirga qadar prof faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. O'zining barcha janglarini vatani bo'lmish Italiyada o'tkazib kelgan Janmarko Kardilo hisobida esa 12 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 2 ta durang mavjud.
Bahodir ishtirok etadigan boks oqshomining ikkinchi asosiy bellashuvida super yarim o'rta vazn toifasidagi hamyurtimiz - Isroil Madrimovning ehtimoliy raqiblari Ksander Zayas va Xorxe Garsiya Peres vakant bo'lib turgan WBO chempionlik kamari uchun bahs olib borishadi.
Markaziy jang esa yarim engil vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun Bryus Karrington va Mateus Geyta o'rtasida kechadi.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi